Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Joau Nevesh va Vitinya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Joau Nevesh va Vitinya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Taniqli insayder Fabrisio Romano Fransiyaning «PSJ» klubida to‘p surayotgan portugaliyalik yarim himoyachilar Joau Nevesh va Vitinyaning kelajagi haqida eksklyuziv ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

«Agent Jorje Mendesh Joau Nevesh va Vitinya «PSJ»ni tark etmasligini tasdiqladi. Vitinya va Joau hech qachon boshqa jamoalar uchun variant bo‘lmagan. Ular boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormagan va «PSJ»da juda baxtli. Ular sovrinlar yutishda davom etadi», — deb yozdi Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan klub mavsumida Joau Nevesh va Vitinya ketma-ket ikkinchi yil ham Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi hamda Fransiya chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, har ikki futbolchi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati–2026 uchun Portugaliya terma jamoasining yakuniy tarkibidan o‘rin olgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 14:41, 10.06.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик