Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Kilian Mbappe uchun eng maqbul pozisiya haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, «Real»ning yulduz hujumchisi hujum markazida o‘ynaganda o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmaydi. «Uchranglilar» ustozi bu mavzuga piching bilan yondashdi.
«Ahmoq bo‘lsam kerak. Qolaversa, so‘nggi uch yil ichida uni klub darajasida markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynatgan murabbiylar ham ahmoq bo‘lishsa kerak. U «PSJ»dagi so‘nggi yilida ham, «Real»dagi ikkala mavsumida ham aynan o‘sha yerda to‘p tepdi», — deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone nashri.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni fransuzlar Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi doirasida Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.













