Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Mayka Richards «Arsenal»ga yulduz hujumchini sotib olishni maslahat berdi

Mayka Richards «Arsenal»ga yulduz hujumchini sotib olishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Mayka Richards «Arsenal» tarkibini kuchaytirish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Sobiq himoyachining so‘zlariga ko‘ra, «kanonirlar» chempionlikni qo‘lga kiritganiga qaramay, yangi transferlarga muhtoj.

«Men «Arsenal» faqat nomi jarangdor bo‘lgani uchungina yulduz futbolchi sotib olishi kerak, deb hisoblamayman. Yangi o‘yinchilar Artetaning uslubiga mos kelishi lozim. Chempionlikdan so‘ng xotirjamlikka berilmasdan, rivojlanishda davom etish zarur. Menimcha, «Arsenal» «Atletiko»dan Xulian Alvaresni sotib olishi kerak edi. To‘g‘ri, Dyokereshning yaxshi o‘yinlari bo‘ldi, Xavers muhim gollarni urdi, ammo barcha turnirlarda kurashishni davom ettirish uchun yangi darajaga chiqish vaqti keldi. «PSJ» yoki «Manchester Siti» hujum chizig‘iga boqishning o‘zi kifoya», — deya Richardsning so‘zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.

Ma’lumot uchun, yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumida Mikel Arteta jamoasi finalgacha yetib borib, unda «PSJ»ga mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 15:49, 10.06.2026.
O'qildi: 272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик