Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

FIFA Gaiti terma jamoasidan JCH–2026 boshlanishiga ikki kun qolganda forma dizaynini o‘zgartirishni talab qildi

FIFA Gaiti terma jamoasidan JCH–2026 boshlanishiga ikki kun qolganda forma dizaynini o‘zgartirishni talab qildi

Baho:
+ | -

Gaiti terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi oldidan, ya’ni Shotlandiyaga qarshi bahsga bir necha kun qolganida o‘z o‘yin formasi dizaynini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, terma jamoa futbolkasida harbiy sahna tasvirlangan bo‘lib, bu FIFA qoidalariga zid deb topilgan.


Musobaqa oldidan o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvida foydalanilgan formada 1803 yildagi Vertyer jangi tasviri aks ettirilgan edi. Aynan ushbu jang Gaitining mustaqillikka erishishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, formada mamlakat bayrog‘i ham joy olgan.

Biroq xalqaro federasiya reglamentiga ko‘ra, sport ekipirovkasida har qanday «siyosiy, diniy yoki shaxsiy mazmundagi xabarlar va shiorlar»ni joylashtirish taqiqlanadi.

FIFA mazkur vizual elementlar tashkilotning ekipirovka bo‘yicha qoidalari doirasida turlicha talqin qilinishi mumkin, degan xulosaga kelib, forma dizayniga o‘zgartish kiritishni talab qildi.

Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 06:00 da start oladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:24, 11.06.2026.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик