«Chelsi» va Fransiya terma jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto Jahon chempionati boshlanishi arafasida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Mundial AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Fransuzlar guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
«Fransiya terma jamoasini Jahon chempionatida himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Umid qilamanki, turnirda maydonga tushaman. Futboldagi faoliyatimni boshlagan ilk kunlarimdanoq bu haqda orzu qilardim», — deya Gyustoning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.
16 iyun kuni «uchranglilar» guruh bosqichining birinchi turi doirasida Senegalga qarshi o‘yin o‘tkazishadi.
O‘tgan Jahon chempionatida fransuzlar finalgacha yetib borib, penaltilar seriyasida Argentinaga imkoniyatni boy berishgan edi.













