«Manchester Yunayted» klubi «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi. 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurashda «Manchester Siti» peshqadamlik qilmoqda: «shaharliklar» bonuslar bilan birgalikda 120 million funt sterlingdan (taxminan 140 million yevro) ko‘proq mablag‘ taklif qilishdi.
«O‘rmonchilar» xuddi shu summani kafolatlangan to‘lovlar ko‘rinishida, ya’ni bonuslarsiz talab qilishmoqda. Transfer News Live insayder Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted» xavbek uchun bahsda boshqa qatnashishni istamayapti, klub yuqoridagi talablarni bajarmoqchi emas.
Bundan tashqari, «qizil iblislar» raqobatchilar safida o‘ynashni afzal ko‘radigan futbolchilarni sotib olmoqchi emaslar. Mish-mishlarga ko‘ra, Elliot Anderson allaqachon «Manchester Siti»ga o‘tishga og‘zaki rozilik berib bo‘lgan.













