Kataloniyaning «Barselona» klubi «Real Sosyedad» darvozaboni Aleks Remiro transferi bo‘yicha kelishuvni nima sababdan haligacha yakunlamagani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Diario SPORT nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» avvalo tarkibdagi amaldagi posbonlar bilan bog‘liq muammoni hal qilib olishlari zarur. Xususan, Mark-Andre ter Shtegenning maoshi yuqoriligi tufayli uning klubdagi kelajagi so‘roq ostida turibdi. Jamoaning yana bir darvozaboni Voysex Shesnining shartnomasida esa 2 million yevro evaziga sotib olish opsiyasi mavjud.
Manbaning qayd etishicha, 31 yoshli Remironing o‘zi «Barselona»ga o‘tishga qarshi emas, biroq u hozircha yakuniy qarorni qabul qilgani yo‘q. Darvozabon o‘z kelajagini yaxshilab o‘ylab olish uchun vaqt so‘ragan.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda Aleks Remiro barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 62 ta to‘p olib chiqdi va 4 ta o‘yinda «quruq seriya» qayd etdi.













