Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Messi va Pele JCH tarixida «gol+pas» tizimi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Messi va Pele JCH tarixida «gol+pas» tizimi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatida «gol+pas» tizimi bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Uning hisobida 21 ta samarali harakat mavjud.

Messi 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Gol+pas» tizimida 21 ochkoga ega bo‘lgan yana bir futbolchi — braziliyalik Pele bo‘lib, u 12 ta to‘p kiritgan va 9 ta golli pas uzatgan.

Miroslav Kloze (Germaniya) va Ronaldo (Braziliya) hisobida 19 tadan samarali harakat mavjud bo‘lsa, Gerd Myuller (Germaniya) 18 ta ochko jamg‘argan.

2026 yilgi jahon chempionati uchta mamlakat — Meksika, AQSH va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Pley-off bosqichiga guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sakkizta terma jamoa yo‘l oladi.

Kiritildi: 02:22, 12.06.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик