«Liverpul» va Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Vataru Endo JCH-2026da o‘ynamasligini ma’lum qildi.
33 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berib, unda milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ham e’lon qildi.
«Albatta, bu galgi jahon chempionatida o‘ynay olmasligimdan xafaman, lekin Qatardagi jahon chempionatidan keyin ushbu jamoani sardor sifatida boshlab kelganimdan va biz birgalikda "jahon chempionatida g‘olib chiqish" maqsadini xuddi oddiy bir holdek gapira oladigan jamoaga aylanganimizdan juda faxrlanaman.
Hozirgi jamoamiz haqiqatan ham ajoyib. U har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishiga va bizga ilgari hech qachon ko‘rmagan narsalarimizni ko‘rsata olishiga ishonaman.
Men ushbu yig‘indan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Shu bois, bundan buyon Yaponiya terma jamoasini oddiy bir muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlayman. Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib chiqadigan lahzalar albatta kelishiga ishonchim komil. Keling, bunga ishonaylik va jamoani hammamiz birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik», — deyiladi Endoning bayonotida.
Yarim himoyachi Yaponiya terma jamoasi safida 73 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.
Yaponiya JCH-2026ning «F» guruhida ishtirok etadi. Uning raqiblari Niderlandiya, Tunis va Shvesiya terma jamoalari bo‘ladi.













