Angliyalik mashhur sobiq futbolchi Stiven Djerrard start olgan Jahon chempionati bo‘yicha o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Liverpul”ning sobiq sardori fikriga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi turnir g‘olibiga aylanadi. Mundialning eng yaxshi to‘purari sifatida Djerrard argentinalik Xulian Alvaresni ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi The Touchline. Eng yaxshi o‘yinchi nomi esa, sobiq xavbekning hisoblashicha, yana Lionel Messiga nasib etadi.
Shuningdek, angliyalik mutaxassis eng yaxshi darvozabon sovrinini Emiliano Martinesga, eng yaxshi yosh o‘yinchi maqomini esa ispaniyalik Lamin Yamalga prognoz qilmoqda. Turnirning asosiy kashfiyoti sifatida esa Djerrard Urugvay terma jamoasini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni JCH-2026ning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasini (JAR) 2:0 hisobida mag‘lub etdi.













