Fevral oyi boshida “Piza”dan iste’foga chiqarilgan Alberto Jilardino tez orada o‘zining sevimli ishiga qaytishi mumkin. Agar “Piza” A Seriyada jon saqlab qola olmay, B Seriyaga tushib ketgan bo‘lsa, Jilardinoning o‘zi yuqori divizionda qolishi mumkin. Bu uning B Seriyadagi atigi bir mavsumdan so‘ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Monsa” bilan ehtimoliy kelishuviga bog‘liq.
Bundan oldin klub Paolo Byanko bilan xayrlashgan edi. Qiziq tomoni, u "Piza"ni boshqarishga tayyorlanmoqda.
Agar Jilardino “Monsa” boshqaruvini qo‘lga olsa, bu jamoa uning “Djenoa” va “Piza”dan keyingi A Seriyadagi uchinchi murabbiylik tajribasiga aylanadi.













