Himoyachi Teo Ernandes start olgan Jahon chempionati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va turnir favoritlarini aytib o‘tdi. Ular qatoriga, tabiiyki, amaldagi vise-chempion bo‘lmish Fransiya terma jamoasini ham kiritdi.
“Ayonki, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati favoritlari qatorida. Ispaniya va Germaniya jamoalari bilan birgalikda. Lekin boshqa kuchli jamoalar ham bor. Biz o‘zimizga ishonamiz, biroq raqibga past nazar bilan qaramaslik kerak. Umid qilamanki, bu ajoyib Jahon kubogi bo‘ladi”, — deya Teo Ernandesning so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning Diario AS nashri.
Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini Senegal terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













