Sobiq hujumchi Maykl Ouen start olgan Jahon chempionatida Angliya terma jamoasidan katta natijalar kutmoqda. Uning fikricha, inglizlar milliy jamoasi uchun chorak finaldan past bo‘lgan har qanday natija halokatga teng bo‘ladi.
“Mening hisoblashimcha, chorak finaldan past bo‘lgan har qanday natija omadsizlikdir. Tarkibimiz iste’dodlarga to‘la, biz bunday imkoniyatdan foydalanmay qolishimiz mumkin emas. Boshqa masala — qur’ada juda noqulay raqib tushib qolishi mumkin. Ammo jamoamiz ambisiyali bo‘lishi kerak”, — deya Ouenning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Inglizlar o‘z tarixida faqat bir marta — roppa-rosa 60 yil muqaddam, 1966 yilda Jahon chempioni bo‘lishgan.













