Shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich Jahon chempionatlarida gol ura olmaganidan afsusda ekanligini tan oldi. Eslatib o‘tamiz, Zlatan dunyoning bosh futbol forumida ikki marta ishtirok etgan.
“Men Jahon chempionatida ikki bor qatnashdim. Bir tomondan, omadim keldi. Boshqa tomondan esa, men hujumchiman — ommaga esa hujumchilarning gollari muhim. Men esa Jahon chempionatida birorta ham gol ura olmaganman va bundan afsusdaman”, — deya Zlatan Ibragimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Shvesiya terma jamoasi juma kuni kechqurun start olgan Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan. Jamoa “F” guruhida Niderlandiya, Yaponiya va Tunis terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













