“Chelsi” va Ispaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya “Barselona” yoki Madridning “Atletiko” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. La Liganing ushbu ikki grandi 27 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda, shuningdek, unga “Manchester Siti” tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan edi.
“Men hozirgi joyimda baxtliman. Hatto atrofimdagilarga ham hech narsani bilishni istamasligimni aytdim, chunki hozir shunchaki Jahon chempionatidan zavq olmoqchiman. “Barselona” yoki “Atletiko”mi? Keyingi savol”, — dedi ispaniyalik futbolchi El Partidazo de COPE bilan suhbatda.
Mark Kukurelyaning “Chelsi” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi transfer bahosi esa 50 million yevroni tashkil etadi.













