“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Jahon chempionatida jamoadoshi Rayan Sherkiga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi. Norvegiyaliklar guruh bosqichining 3-turi doirasida 26 iyun kuni fransuzlarga qarshi maydonga tushishadi.
“Sherki ikkimiz bu mavzuda tinmay hazillashamiz. Kiyinish xonamizda hatto “Xoland Sherkiga qarshi” uslubidagi suratlar ham osilib turibdi. Men hali hech qachon unga qarshi o‘ynamaganman — faqat bir jamoada to‘p tepganmiz. Mashg‘ulotlarda va o‘yinlar paytida juda ko‘p hazil qilamiz, shuning uchun qiziq bo‘ladi”, — deya Xolandning so‘zlarini keltiradi “shaharliklar” matbuot xizmati.
Ushbu guruhda Iroq va Senegal terma jamoalari ham ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, Norvegiya 1998 yildan buyon ilk bor mundialga yo‘llanma oldi.













