Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

“Real” nima sababdan Rodri transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

“Real” nima sababdan Rodri transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ko‘plab mish-mishlarga qaramay, Madridning “Real” klubiga o‘tmasa kerak. “Shaharliklar” yulduzining nomi anchadan beri “qirollik klubi” bilan bog‘lab kelinardi va xavbekning o‘zi ham kelajakda bunday ssenariy bo‘lishini inkor etmasligini tan olgan edi.

Cadena SER nashrining xabar berishicha, “Real”ning ba’zi rasmiy shaxslari Rodrini jamoada ko‘rishni xohlashgan, biroq Florentino Peres 29 yoshli ispaniyalik futbolchining nomzodiga qarshi chiqqani sababli ushbu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

Yaqinda Peres Madrid grandi prezidentligiga qayta saylandi. Saylovda Peresning yagona raqibi bo‘lgan Enrike Rikelme Rodri bilan kelishuvga erishganini da’vo qilgandi, ammo futbolchining o‘zi bu ma’lumotni rad etdi.

Kiritildi: 08:09, 12.06.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик