Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ander Errera «Boka Xuniors»ni tark etdi

Ander Errera «Boka Xuniors»ni tark etdi

Baho:
+ | -

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yozgi mavsumni o‘zgarishlar shabodasi bilan kutib oldi — klub bir nechta futbolchilar, jumladan, Parijning «PSJ» klubi sobiq yarim himoyachisi, taniqli Ander Errera bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Ispaniyalik futbolchi Argentina klubida barqaror o‘yin ko‘rsata olmadi — u «Boka Xuniors» safida bo‘lgan butun davri davomida bor-yo‘g‘i 29 ta o‘yinda maydonga tushdi, xolos. Shu sababli, endi u o‘ziga yangi ish joyi izlashiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, futbolchi faoliyati davomida Ispaniyaning «Saragosa», Baskoniyaning «Atletik Bilbao» hamda Angliyaning «Manchester Yunayted» kabi jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 16:27, 12.06.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик