Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Avstraliya JCH-2026 vaqtida Toni Popovich bilan shartnomani uzaytirdi

Avstraliya JCH-2026 vaqtida Toni Popovich bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Avstraliya futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Toni Popovich bilan amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning boshiga qadar uzaytirilganini rasman e’lon qildi.

Bu haqdagi qaror jamoaning Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi oldidan qabul qilindi. Yangi kelishuvga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis terma jamoani 2027 yilning yanvar-fevral oylarida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida ham boshqarib boradi. Ma’lumot uchun, Popovich mazkur lavozimda 2024 yilning sentyabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

«Jahon chempionatida o‘z vatanim terma jamoasiga ustozlik qilayotganimdan faxrlanaman. Biroq hozirgi asosiy maqsadim — jamoani guruh bosqichida Turkiya, AQSH va Paragvayga qarshi o‘yinlarga ruhan va jismonan to‘liq tayyorlash», — deya ta’kidladi Popovich.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya terma jamoasi JCH-2026 «D» guruhidagi ishtirokini 14 iyun kuni Turkiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Shundan so‘ng «yashil qit’a» vakillari AQSH va Paragvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 18:07, 12.06.2026.
O'qildi: 123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик