Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Aston Villa» Martinesning o‘rniga yangi darvozabon topdi

«Aston Villa» Martinesning o‘rniga yangi darvozabon topdi

Baho:
+ | -

Birmingemning «Aston Villa» klubi argentinalik tajribali darvozabon Emiliano Martines jamoani tark etgan taqdirda, uning o‘rnini kim bilan to‘ldirishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, agar 33 yoshli Martines sotib yuborilsa, «Aston Villa» Italiyaning «Parma» klubi hamda Yaponiya milliy terma jamoasi posboni Zion Sudzukini sotib olishga harakat qiladi.

Biroq 23 yoshli iqtidorli golkiper uchun kurash oson kechmaydi. Sababi, uning harakatlarini «Bavariya», «Napoli» va «Manchester Yunayted» kabi Yevropaning grand klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda yaponiyalik darvozabonning transfer bahosi 20 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Emiliano Martinesning Italiyaning «Yuventus» klubi bilan 3 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:09, 12.06.2026.
O'qildi: 212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик