AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatidagi bosh ambisiyalari va maqsadlari haqida gapirdi.
AQSH terma jamoasi Mundialdagi ilk uchrashuvini Paregvayga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs O‘zbekiston vaqti bilan 13 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
«Men uchun muvaffaqiyat — bu faqat g‘alaba. Ertaga g‘alaba qozonish, undan keyin ham va yana faqat g‘alaba. Agar biz finalga chiqa olmasak va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lmasak, qandaydir muvaffaqiyat haqida gapirish... Bilmadim, bu men uchun muvaffaqiyat hisoblanmaydi.
Biz [murabbiylar shtabi bilan] shartnoma imzolayotganimizda, shunchaki ushbu noyob tarixiy musobaqada ishtirok etish uchun kelmaganmiz. Biz bu yerga yuqori natija ko‘rsatish va g‘alabaga ishonish uchun kelganmiz. O‘z g‘alabamizga ishonish uchun», — deya ta’kidladi Pochettino o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda.













