Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh klubdoshlaridan kim bilan birga Shvesiya terma jamoasi safida to‘p tepishni istashini ma’lum qildi. Grem Potter jamoasi mundialda Tunis, Niderlandiya va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.
“Men Rikardo Kalafyorini tanlagan bo‘lardim, chunki u Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmadi. Ushbu turnirda ishtirok eta olishi uchun uni bizning jamoamizga taklif qilgan bo‘lardim”, — deya ingliz OAVlari Dyokereshning intervyusidan so‘zlarni keltirmoqda.
Guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Shvesiya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 15 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya pley-off finalida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, JCH-2026 dan quruq qolgan edi.













