Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior Jahon chempionatidagi ilk raqib — Marokash terma jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da).
«Marokash — Afrika va butun dunyodagi ko‘plab mamlakatlar uchun o‘rnak. Men ushbu terma jamoani so‘nggi yillardagi barcha muvaffaqiyatlari bilan tabriklayman. Ularda juda iqtidorli va texnikasi kuchli futbolchilar bor. Braim Dias, Ashraf Hakimiy va boshqalar — ular muntazam ravishda Chempionlar ligasi darajasida o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Bizni fantastik o‘yin kutmoqda. Umid qilamanki, butun dunyodagi futbol muxlislari ushbu tomoshadan zavq olishadi», — dedi Vinisius matbuot anjumanida.
Ushbu guruhda Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari ham o‘rin olgan.













