Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bunaqasi 96 yildan beri kuzatilmagan edi: AQSH Paragvayni tor-mor etib, tarixiy natija qayd etdi

Bunaqasi 96 yildan beri kuzatilmagan edi: AQSH Paragvayni tor-mor etib, tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining birinchi turida turnir mezboni hisoblangan AQSH terma jamoasi Paragvay milliy jamoasi ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

ESPN bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika terma jamoasi 1930 yildan buyon ilk bor mundial doirasidagi o‘yinda uchta to‘p farqi bilan zafar quchdi. Bundan 96 yil avval AQSH Paragvay va Belgiya milliy terma jamoalarini bir xil — 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘shandan beri amerikaliklarga Jahon chempionatlarida uchta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish nasib etmayotgandi.

Maurisio Pochettino shogirdlari uch ochko jamg‘arib, «D» kvartetida peshqadamga aylanishdi. Ushbu guruhning ikkinchi uchrashuvida Turkiya va Avstraliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnashadilar.

Kiritildi: 12:51, 13.06.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик