Fransiya terma jamoasi va «PSJ» klubi himoyachisi Lyuka Ernandes jamoa hujumchisi Kilian Mbappe sha’niga aytilayotgan tanqidlar xususida fikr yuritdi.
— Kilian Mbappega nisbatan haddan tashqari qattiqqo‘llik qilmayapmizmi?
— Agar sen Kilian Mbappe bo‘lsang, unda hamma senga juda katta e’tibor qaratadi, maydondan tashqarida nima ish qilayotganingni ham kuzatib boradi. U ushbu Jahon chempionatiga 100 foiz motivasiya bilan yondashmoqda. Men [Jahon chempionatiga] tayyorgarlik bosqichida terma jamoa ixtiyorida emasdim, lekin menga Kilianning juda yaxshi holatda ekanligini aytishdi. U tanqidchilarni jim bo‘lishga majbur qiladi, — dedi Lyuka Ernandes.













