Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Manchester Siti» A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bilan shartnomani kelishib oldi

«Manchester Siti» A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bilan shartnomani kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Atalanta» klubi qanot himoyachisi Marko Palestra «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda City Xtra nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya grandi 21 yoshli italiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgan. Shu bilan birga, «Inter» ham poygada qatnashishda davom etmoqda, biroq «Atalanta» hozircha ushbu klublarning hech biri bilan kelishuv summasi borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Italiya chempionatining yakunlangan mavsumida Palestra ijara huquqi asosida «Kalyari» safida to‘p surdi. Himoyachi 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, Palestra Italiya A Seriyasining eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Kiritildi: 17:07, 13.06.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик