Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Mbappe «Real»ning yangi himoyachisiga baho berdi: «Jamoamizda shunday o‘yinchilar bo‘lishi menga yoqadi»

Mbappe «Real»ning yangi himoyachisiga baho berdi: «Jamoamizda shunday o‘yinchilar bo‘lishi menga yoqadi»

Baho:
+ | -

«Real» markaziy himoyachi Ibraima Konatening transferi bo‘yicha kelishuvga erishib, yozgi eng muhim transferlardan birini yakunlab bo‘ldi. Futbolchi Jahon chempionatidagi Fransiya terma jamoasi safidagi o‘yinlarini tugatganidan so‘ng Madrid klubiga rasman qo‘shilishi kutilmoqda.

«U juda agressiv himoyachi — bu so‘zning eng yaxshi ma’nosida. U deyarli hech qachon xato qilmaydi, to‘pni olib qo‘yishda juda qat’iyatli. U raqibga bugun og‘ir oqshom kutayotganini tushuntirib qo‘yishni istaydi. Jamoamizda shunday himoyachilar bo‘lishi menga yoqadi.

Unda xarakter va shijoat bor, taktik jihatdan qayishqoq — raqibni yuqorida kutib olishi, yakkama-yakka kurashlarda (duellarda) g‘alaba qozonib, intizomni saqlagan holda o‘ynashi mumkin», — deya Mbappening so‘zlarini L’Équipe nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Konate bundan avval «Liverpul» safida to‘p surgan. Futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Kiritildi: 17:09, 13.06.2026.
O'qildi: 2237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик