«Roma» klubining markaziy yarim himoyachisi Manu Kone joriy yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.
L'Équipe nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» yozgi transfer oynasida Kone transferi imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Manbaga ko‘ra, «Roma» FIFAning moliyaviy qoidalariga (feyr-pley) amal qilish maqsadida o‘z yetakchi yulduzlaridan birini sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, kelishuv summasi taxminan 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, Konening harakatlarini Milanning «Inter» klubi ham kuzatib bormoqda.
Yakunlangan mavsumda Kone barcha musobaqalarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.













