Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rafinya «Barselona»da qolishga qaror qildi

Rafinya «Barselona»da qolishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi yulduzli vingeri Rafinya Dias yaqin kelajak bo‘yicha o‘z rejalarini belgilab oldi. Sport.es nashri xabar berishicha, braziliyalik yarim himoyachi Saudiya Arabistoni chempionatidan kelib tushgan manfaatli takliflarga qaramay, yozda klubdan ketmoqchi emas.

«Ko‘k-anorranglilar» ham jamoaning yetakchi o‘yinchisi bilan xayrlashishni istashmayapti. 29 yoshli vinger kataloniyalik top-klub bilan 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma majburiyatlariga ega. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi o‘z shartnomasini qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilmoqda, chunki amaldagi kelishuv shartlari jamoaning boshqa bir qator yetakchilarinikidan farq qiladi. Ammo hozircha klub rahbariyati shartnomani o‘zgartirishga tayyor emas. Shuningdek, muzokaralar jarayoniga futbolchining Braziliya terma jamoasi safida olgan jarohati ham ta’sir qilgan. Klub Rafinyaga kelajakda ham ishonadi, uning sotilishi esa faqat keyingi yozda, shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganidagina muhokama qilinishi mumkin.

Kiritildi: 14:49, 14.06.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик