Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

De Bryoyne: «Doku ancha samaraliroq o‘ynaydigan bo‘ldi»

De Bryoyne: «Doku ancha samaraliroq o‘ynaydigan bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne jamoadoshi Jeremi Doku haqida fikr bildirdi. «Napoli» xavbekining so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Siti» vingeri so‘nggi vaqtlarda jiddiy o‘sishga erishgan.

«Doku ancha samaraliroq o‘ynaydigan bo‘ldi. Unga qarshi 90 daqiqa davomida himoyalanishning deyarli iloji yo‘q – u bir o‘yinda albatta 10-15 marta raqiblarini aldab o‘tadi. Jeremi bir vaqtning o‘zida bir nechta raqibni o‘ziga tortadi, buning evaziga bizda ko‘proq bo‘sh hududlar paydo bo‘ladi.

Endi u qachon aldamchi harakatlar qilish kerakligini, qachon esa pas bergan ma’qulroqligini yaxshiroq tushunyapti. Biz juda yaxshi chiqishamiz va u imkoniyat tug‘ilishi bilan doim unga pas berishga harakat qilishimni biladi. Uning Jahon chempionatiga eng yaxshi sport formasida kelgani juda muhim – uning mahorati bizga juda asqotadi», – deya ma’lum qildi de Bryoyne matbuot anjumanida.

15 iyun kuni belgiyaliklar JCH-2026dagi ilk o‘yinda Misrga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 16:02, 14.06.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик