Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann 40 yoshli darvozabon Manuel Noyerning Jahon chempionati – 2026 ga qay darajada tayyor ekanligini baholadi. Tajribali golkiper mundial oldidan boldir mushagidagi muammolardan aziyat chekayotgan edi.
«Manuel turnirga yaxshi tayyorlangan. Bunga menda hech qanday shubha yo‘q. Kundan-kunga uning holati yaxshilanib bormoqda. Biz Noyerga to‘liq ishonamiz. U o‘ynashga tayyor», - deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Jahon chempionati guruh bosqichining start uchrashuvida Germaniya terma jamoasi Kyurasao milliy jamoasi bilan to‘qnash keladi. Bahs bugun, 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.













