Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong JCH-2026dagi ilk o‘yin oldidan milliy jamoa atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«Bizda hech qanday inqiroz yo‘q. Ayrim jihatlarni yaxshilashimiz kerak, ammo men hamma, balki orangizdagi kimdir aytayotgan o‘sha inqirozni ko‘rmayapman. Biz tayyormiz, yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz.
Odamlarning pessimistik kayfiyatda ekanligini tushunaman, lekin ertaga hammada optimizm uchun asoslar paydo bo‘ladi», – deya ma’lum qildi «Barselona» o‘yinchisi matbuot anjumanida.
Niderlandiya bugun Jahon chempionati 1-turida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.













