Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Manchester Yunayted» AQSH terma jamoasi yarim himoyachisini nishonga oldi

«Manchester Yunayted» AQSH terma jamoasi yarim himoyachisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» AQSH terma jamoasi va «Bornmut» klubi yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» lagerida 27 yoshli futbolchining o‘yini yuqori baholangan. Klub tahlilchilarining qayd etishicha, ayrim jihatlarda Adamsning statistik ko‘rsatkichlari «Oltin to‘p» sohibi Rodrining ko‘rsatkichlari bilan teng yoki hatto undan ustunroqdir.

Ortda qolgan mavsumda Adams barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:32, 14.06.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик