Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Atletiko» Ispaniya terma jamoasining ikki himoyachisidan birini tanlashi kerak

«Atletiko» Ispaniya terma jamoasining ikki himoyachisidan birini tanlashi kerak

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi himoyaning chap qanotini kuchaytirish niyatida. «Matraschilar» allaqachon «Chelsi» a’zosi Mark Kukurelya va «Bayer» vakili Alexandro Grimaldo bilan shartnoma imzolash ustida ish olib borishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.

Jamoaning ustuvor maqsadi «ko‘klar»ning 27 yoshli futbolchisi bo‘lib turibdi, biroq uni sotib olish oson bo‘lmaydi: londonliklar uning uchun ancha baland narx belgilashgan, qolaversa, futbolchining maosh bo‘yicha talablari ham yuqori.

Grimaldo esa moliyaviy jihatdan ancha qulay variant hisoblanadi: «farmasevtlar»ning 30 yoshli yetakchisi Ispaniyaga qaytishni istamoqda, uning amaldagi shartnomasi esa bor-yo‘g‘i bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. Transfermarkt portali Kukurelyaning narxini 50 million yevro, Grimaldonikini esa 20 million yevro deb baholagan. Ikkala futbolchi ham Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy olgan.

Kiritildi: 19:01, 14.06.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик