Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol

Yaponiyalik muxlislar Niderlandiya bilan o‘yindan so‘ng tribunalardagi barcha chiqindilarni tozalab ketishdi

Yaponiyalik muxlislar Niderlandiya bilan o‘yindan so‘ng tribunalardagi barcha chiqindilarni tozalab ketishdi

Baho:
+ | -

Yaponiyalik muxlislar Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida o‘z terma jamoasi Niderlandiya bilan durang (2:2) o‘ynagan uchrashuvdan so‘ng, tribunalardagi barcha chiqindilarni yig‘ishtirib olishdi.

FIFA yaponiyaliklarning barcha chiqindilarni paketlarga solib, arenadan olib chiqib ketayotgani aks etgan fotosuratlarni e’lon qildi. Bunday xulq-atvor nafaqat muxlislar, balki Kun chiqar mamlakat futbolchilari uchun ham an’anaviy tus olgan.

Xususan, Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCH-2018 musobaqasida Yaponiya terma jamoasi futbolchilar tomonidan chinnidek tozalab qo‘yilgan kiyinish xonasi suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Navbatdagi o‘yinda Yaponiya Shvesiyadan yirik hisobda (1:5) mag‘lub bo‘lgan Tunisga qarshi maydonga tushadi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Niderlandiya terma jamoasi guruh peshqadami — shvedlarga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 12:13, 15.06.2026.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик