Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Diallo maydonda bor-yo‘g‘i 34 daqiqa o‘tkazgan bo‘lsa-da, raqbni aldab o‘tish bo‘yicha JCH-2026 lideriga aylandi

Diallo maydonda bor-yo‘g‘i 34 daqiqa o‘tkazgan bo‘lsa-da, raqbni aldab o‘tish bo‘yicha JCH-2026 lideriga aylandi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» vingeri Amad Diallo Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi uchrashuvda o‘z mahoratini namoyish etdi.

23 yoshli futbolchi bahsning 56-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 90-daqiqada uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi. Bundan tashqari, SofaScore ma’lumotlariga ko‘ra, Diallo to‘liq bo‘lmagan bir taym ichida raqiblarini 6 marta aldab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bu joriy mundialdagi istalgan boshqa futbolchidan (hatto maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilganlarni qo‘shib hisoblaganda ham) ko‘proq ko‘rsatkichdir.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi 1-turdan so‘ng «E» kvartetida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi pog‘onadan esa Kyurasao terma jamoasini 7:1 hisobida tor-mor etgan Germaniya joy olgan.

Kiritildi: 12:24, 15.06.2026.
O'qildi: 444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик