Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining 1-turida Shvesiya terma jamoasi Tunisga qarshi kechgan bahsda yirik hisobdagi g‘alabani bayram qildi. Skandinaviyaliklar 5:1 hisobida zafar quchishdi.
Shvedlar bosh murabbiyi Grem Potter bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan natija. Jamoaning ishonchli o‘yini, kiritilgan beshta gol — vaholanki, bundan ham ko‘proq urishimiz mumkin edi. Shogirdlarim maydonda ajoyib harakat qilishdi va haqli ravishda g‘alaba qozonishdi. Raqib esa o‘zining yagona golini kutilmaganda, yo‘q joydan urdi. Bizda hali ishlaydigan, kamchiliklarni to‘g‘irlaydigan jihatlar bor. Endi kuch yig‘ib, navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Shvesiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.













