Shvesiya milliy terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda Tunis terma jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:1).
Shvedlar tomonidan kiritilgan beshta goldan uchtasi jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbalar evaziga sodir bo‘ldi. Taniqli jurnalist va futbol tarixchisi MisterChipning xabar berishicha, 1954 yildan beri ilk bor Jahon chempionatining bitta o‘yinida qaysidir jamoa o‘yin vaziyatidan uzoq masofali zarbalar orqali uch va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan roppa-rosa 72 yil avval Avstriya terma jamoasi Shveysariyaga qarshi kechgan afsonaviy uchrashuvda (7:5) xuddi shunday uzoq masofadan 4 ta gol urishni uddalagan edi.
Tunis bilan o‘yinda Shvesiya terma jamoasi tarkibida Yasin Ayyari dubl qayd etdi — uning ikkala goli ham jarima maydoni tashqarisidan yo‘llandi. Yana bir uzoq masofali golga esa Aleksandr Isak mualliflik qildi.













