Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Yaponiya terma jamoasi murabbiyi JCHdagi o‘yindan so‘ng niderlandiyalik jurnalistlarga ta’sirli murojaat yo‘lladi

Yaponiya terma jamoasi murabbiyi JCHdagi o‘yindan so‘ng niderlandiyalik jurnalistlarga ta’sirli murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi o‘yindan (2:2) keyingi matbuot anjumanida o‘z tashabbusi bilan golland jurnalistlariga yuzlanib, yapon futboli rivojiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Menga so‘z berishingizni so‘rayman. Bu yerda niderlandiyalik jurnalistlar juda ko‘p va men golland xalqiga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Men Yaponiya terma jamoasi futbolchisi bo‘lgan vaqtimda yurtimizda hali professional futbol mavjud emas edi. Meni golland murabbiyi Xans Oft tarbiyalagan va nafaqat meni — yapon murabbiylari gollandlardan juda katta ta’sir olishgan, bu esa yapon futbolining hozirgi rivojlanishiga olib keldi.

Shuningdek, shaxsan menga «Sanfrechche Xirosima» va «Urava Red Daymonds» klublarida ishlagan hamda yapon futboliga ulkan hissa qo‘shgan afsonaviy golland mutaxassisi Vim Yansen ustozlik qilgan. Nafaqat ushbu ikki murabbiy, balki Gollandiyadan kelgan ko‘plab murabbiy va futbolchilar yapon futboli darajasini ko‘tarishga yordam berishgan. Buning uchun sizlarga rahmat aytmoqchiman. Tashakkur», — dedi Moriyasu. Shundan so‘ng zal uni qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi.

Yaponiya terma jamoasi «F» guruhida ishtirok etmoqda, bu yerda ularga Shvesiya va Tunis terma jamoalari ham raqiblik qiladi.

Kiritildi: 16:11, 15.06.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик