Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Arshavin Meksikadagi JCH atmosferasini 2018 yilgi Rossiya bilan solishtirdi

Arshavin Meksikadagi JCH atmosferasini 2018 yilgi Rossiya bilan solishtirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» sobiq hujumchisi Andrey Arshavin 2018 yilgi Jahon chempionati vaqtida Rossiya shaharlari ko‘chalaridagi atmosfera hozirgi Meksikadagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgani haqida fikr bildirdi. JCH-2026ning ochilish o‘yinida meksikaliklar JAR terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.

— Ular g‘alaba qozonishdi, hamma xursand, shod-xurram va xushmuomalami?

— Yo‘q, shunchaki bularning barchasi qanday rejalashtirilgan bo‘lsa, shunday bo‘ldi. Xuddi buyurtma qilingandek.

— Rossiyada hozir bunday narsa yo‘qligidan qandaydir mahzunlik bormi?

— Nima bo‘pti, 2018 yilda bizda shunday bo‘lgandi. Menimcha, 18-yilda bizda bundan ham zo‘rroq bo‘lgan. Menga shunday tuyuladi.

— Shunday bo‘lgan, ha, lekin anchadan beri bunga o‘xshash hech narsa yo‘q.

— Endi, Jahon chempionatlari o‘zi umuman kamdan-kam bo‘lib turadi, — dedi Arshavin.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11 iyun kuni boshlandi va 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:05, 15.06.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик