Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Pogba Kilian Mbappega bo‘layotgan bosim haqida gapirdi

Pogba Kilian Mbappega bo‘layotgan bosim haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedagi bosim haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

— Mbappega juda katta bosim o‘tkazilyaptimi?

— Unga nisbatan bosim 17 yoshidan boshlangan. Yoshi ulg‘aygani sari bu bosim faqat kuchayib bormoqda. Bizning vaziyatda bu u uchun ijobiy bosim bo‘lishi ham mumkin va men buni shunday deb hisoblayman. U ajoyib futbolchi. Sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, u baribir buyuk o‘yinchi. Shu sababli u jamoasiga g‘alaba qozonishda yordam berishi kerak.

— Bu bosim uni butun faoliyati davomida ta’qib qiladimi?

— Bu bosim yo‘qoladi deb o‘ylamayman. Bosim doim bo‘ladi. Qachonki sen buyuk futbolchi bo‘lsang, bosim ham shunga yarasha hamrohingga aylanadi. Agar u zo‘r o‘yin o‘tkazsa — bu normal holat deb qabul qilinadi. Agar yomon yoki o‘rtacha o‘ynasa — uni darhol tanqid qila boshlashadi. Bu soha shunday tuzilgan. O‘yinlar juda ko‘p va ulardan keyin fikrni boshqa narsaga chalg‘ita olishni bilish kerak. Mana nima uchun u bunchalik ko‘p gol uradi. Agar bu narsa unga ruhiy tomondan ta’sir qilganida edi, u butun mavsum davomida bu qadar ko‘p gol ura olmagan va yuqori darajada o‘ynay olmagan bo‘lardi, — dedi Pol Pogba.

Kiritildi: 17:48, 15.06.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик