Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Taremi: «FIFA bizga ko‘proq yordam berishi kerak»

Taremi: «FIFA bizga ko‘proq yordam berishi kerak»

Baho:
+2 | -

Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi milliy jamoa dushmanlik kayfiyatidagi mamlakat — Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘layotgan dramatik siyosiy vaziyat fonida, FIFAni ularga ko‘proq ko‘mak va yordam ko‘rsatishga chaqirdi. FIFA rahbari Janni Infantinoning terma jamoa kiyinish xonasiga tashrif buyurgani yaxshi, ammo bu yetarli emas, deb hisoblaydi Taremi.

«Bizda bunday qo‘llab-quvvatlash yo‘q va menimcha, FIFA bizga hozirgidan ko‘ra ko‘proq yordam berishi kerak. Bu yomon vaziyat, chunki mana ikki oydirki, bizda ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Bu juda yomon va bu holat jamoamizga salbiy ta’sir o‘tkazyapti», — deya Taremidan iqtibos keltiradi The Athletic nashri.

Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi JCH-2026 ning ilk turida Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynagan edi.

Kiritildi: 15:29, 16.06.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик