Chexiya va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvini Tori Penso boshqarib boradi. Mazkur jamoalar jahon chempionatining ilk o‘yin kunida mag‘lubiyatga uchrashgan edi. Maydonda bosh hakamga yordam beradigan qanot hakamlari ham ayollar bo‘ladi. Bu kabi tajriba Qatardagi jahon chempionatida ham kuzatilgan edi, o‘shanda Stefani Frappart uchrashuvni boshqargan.
O‘z vaqtida Tori Shimoliy Amerikaning MLS ligasi uchrashuvini boshqargan ilk ayol hakamga aylangan edi.
Shuningdek, u 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishlagan, xususan, ispaniyalik va angliyalik ayollar o‘rtasidagi final uchrashuvini boshqargan edi. O‘sha o‘yin 1:0 hisobida Ispaniya foydasiga hal bo‘lgan.













