Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Saybarining transferi Eredivizi tarixidagi eng qimmat top-5 talikka kirishi mumkin

Saybarining transferi Eredivizi tarixidagi eng qimmat top-5 talikka kirishi mumkin

Baho:
+ | -

Marokashlik yarim himoyachi Ismael Saybari Myunxenning «Bavariya» klubiga o‘tish arafasida turibdi. Bir qator insayderlarning xabarlariga ko‘ra, ushbu kelishuv 55 million yevroga tushadi va bu transfer liga tarixidagi eng qimmat beshta sotuvdan biriga aylanadi.

Rekord braziliyalik vinger Antoniga tegishli bo‘lib, u 2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga 100 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ikkinchi o‘rinda Frenki de Yongning 2019 yilda «Barselona»ga 86 million yevroga sotilishi qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni o‘sha yili «Yuventus»ga 85 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan Amsterdam klubining yana bir vakili Matteys de Ligt yakunlab beradi. To‘rtinchi pog‘onani Lisandro Martines (2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga 57 million yevro) egallab turibdi, beshinchi o‘rin esa, yuqorida ta’kidlanganidek, Ismael Saybariga nasib etadi.

Shuningdek, top-10 talikdan Kodi Gakpo (2023 yilda PSVdan «Liverpul»ga 49 million), Yorrel Xato (2025 yilda «Ayaks»dan «Chelsi»ga 44 million), Muhammad Kudus (2023 yilda «Ayaks»dan «Vest Xem»ga 43 million), Davinson Sanches (2017 yilda «Ayaks»dan «Tottenxem»ga 42 million) va Irving Losano (2019 yilda PSVdan «Napoli»ga 40 million) kabi futbolchilarning transferlari joy olgan.

Kiritildi: 16:24, 16.06.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик