«Yuventus»ning qanot himoyachisi Andrea Kambyaso Londonning «Chelsi» klubi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda «Chelsi» 26 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifini yuboradi. Qayd etilishicha, Kambyaso «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning shaxsiy ro‘yxatidan joy olgan. Futbolchi «Real»ga o‘tib ketgan Mark Kukurelyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
«Yuventus» Kambyaso uchun 40 million yevro talab qilmoqda. Biroq munosib takliflar bo‘lsa, bu summa o‘zgarishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Kambyaso barcha turnirlarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













