Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

«Manchester Yunayted» «Fulxem» yarim himoyachisini ko‘zlamoqda

«Manchester Yunayted» «Fulxem» yarim himoyachisini ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

«Fulxem»ning tayanch yarim himoyachisi Sander Berge «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» 28 yoshli norvegiyalik futbolchini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, bundan ikki yil avval «Fulxem» Bergeni 29 million yevroga sotib olgan edi va endilikda uning sotuvidan foyda ko‘rishni istamoqda.

Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Bergening «dala hovlililar» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer bahosini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:41, 16.06.2026.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик