Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mbappe: «Tarixga kirish uchun o‘ynayapman»

Mbappe: «Tarixga kirish uchun o‘ynayapman»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 doirasida Senegal ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ushbu o‘yinda futbolchi dubl qayd etdi va milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

«Musobaqaga to‘liq kirishib ketdik, deb o‘ylamayman. Lekin turnirni g‘alaba bilan boshlash doimo yoqimli. Bu ruhiy xotirjamlik bag‘ishlaydi. To‘g‘ri, jahon chempionatida hech qachon o‘zingni to‘liq qulay his qilolmaysan. Boshqa jamoalar misolida ham turnirni g‘alaba bilan boshlash qanchalik qiyin ekanini ko‘rdik. Har bir jamoa jahon chempionati betakror ekanini biladi, hamma g‘alaba qozonishni va o‘z mamlakatining ijobiy qiyofasini ko‘rsatishni istaydi. Bugungi o‘yin oson kechmadi. Istalgan daqiqada gol ura olishimizni bilamiz, bu bizga yordam beradi.

Tanqidlar? O‘ch olishdan ma’no yo‘q. Agar meni tanqid qilayotganlarning hammasini ovozini o‘chirish uchun maydonga tushganimda, 80 yoshgacha to‘p surishimga to‘g‘ri kelardi. Men o‘z mamlakatim tarixiga kirish va jamoamga jahon chempionatida g‘olib chiqishga yordam berish uchun o‘ynayapman. Bu guruh bosqichidagi bor-yo‘g‘i birinchi o‘yin. Odamlar hayratlanishi yoki tanqid qilishi tabiiy. Biz esa nima qilishimiz kerakligini bilgan holda doimo xotirjamlikni saqlashimiz lozim», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

«I» guruhining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to‘qnash keladi.

Kiritildi: 02:56, 17.06.2026.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик