Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Mbappe jahon chempionatlarida 13 ta golni eng tez urgan to‘purarlar top-3 ligiga kirdi

Mbappe jahon chempionatlarida 13 ta golni eng tez urgan to‘purarlar top-3 ligiga kirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati «I» guruhi 1-turidan o‘rin olgan Senegalga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etdi. Shu tariqa, Mbappe ushbu o‘yinda dunyo birinchiliklaridagi o‘zining 13-golini kiritdi va JCH tarixida bu ko‘rsatkichga erishish tezligi bo‘yicha uchinchi to‘purarga aylandi.

Jahon chempionatlarida 13 ta gollik marrani eng tez zabt etgan futbolchi fransiyalik Jyust Fonten hisoblanadi (1958 yil). Unga dunyo birinchiliklarida 6 ta uchrashuv kifoya qilgan. Ikkinchi o‘rinda 12 ta o‘yin bilan germaniyalik Gerd Myuller (1974 yil) bormoqda. Shuningdek, ushbu top ro‘yxatdan braziliyalik Ronaldo (17 ta o‘yin, 2006 yil), germaniyalik Miroslav Kloze (18 ta o‘yin, 2010 yil) va argentinalik Lionel Messi (26 ta o‘yin, 2022 yil) joy olgan.

«I» guruhining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan to‘qnash keladi (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan kuch sinashadi (26 iyun).

Kiritildi: 03:06, 17.06.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик