Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Mendi: «Biz o‘yin rejamizni amalga oshira olmadik»

Mendi: «Biz o‘yin rejamizni amalga oshira olmadik»

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati birinchi turida Fransiya terma jamoasi Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng senegalliklar darvozaboni Eduar Mendi o‘yin yakunlarini sarhisob qildi.

«Biz o‘yin rejamizni amalga oshira olmadim. Bu juda qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishimiz, saviyani oshirishimiz va hujumda xavfliroq harakat qilishimiz kerakligini bilardik. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirib bo‘lmaydi, chunki ularning safida haqiqiy iqtidorlar jamlangan.

Birinchi o‘yin ortda qoldi, undan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Menimcha, raqib jamoaviy o‘yin borasida bizdan u qadar ustun bo‘lmadi. Biz o‘z kuchimizni bilamiz va bundan ham yaxshiroq o‘ynay olishimizni tushunib turardik. Mag‘lub bo‘ldik, lekin bu hali hammasi tugadi degani emas. Endi bor e’tiborimizni Norvegiyaga qarshi uchrashuvga qaratishimiz lozim», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Bein Sports.

Senegal va Norvegiya terma jamoalari 23 iyun kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 03:18, 17.06.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик