Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Upamekano: «Ikki xil qiyofa namoyish etdik, deb aytmagan bo‘lardim»

Upamekano: «Ikki xil qiyofa namoyish etdik, deb aytmagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Dayo Upamekano Senegalga qarshi JCH-2026 uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Didye Desham shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Bu yoqimli. Biz 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bu haqiqiy jang bo‘lishini bilardik. Ikki xil qiyofa namoyish etdik, deb aytmagan bo‘lardim. Biz birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham vaziyatlar yaratdik. Ularda charchoq yoki bo‘shashish holati kuzatilishi mumkinligini bilardik.

Senegalga qarshi o‘ynash doimo qiyin, ular Afrika chempionlari hisoblanishadi. Ularni tabriklayman, bu juda kuchli jamoa. Tarkibda kichik o‘zgarishlar bo‘ldi. Murabbiy bizga bo‘shashmaslikni aytdi. Diqqatni saqlab qolish uchun hamma narsani qildik. Zaxiradan maydonga tushganlar, misol uchun Barkola, o‘yinga juda yaxshi kirishib ketishdi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Fransiyaning turnirdagi keyingi raqibi Iroq terma jamoasi bo‘ladi. O‘yin 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 03:29, 17.06.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик